Pekinda Auto China 2024 xalqaro avtomobillar ko‘rgazmasi o‘tkazildi

10.05.2024 00:00 Dunyo 5

i (1)

Joriy yil 25-apreldan 4-maygacha Xitoy poytaxti Pekin shahrida Auto China 2024 xalqaro avtomobillar ko‘rgazmasi o‘tkazildi. 

 Pavilyonlarda Xitoy, AQSH, Germaniya, Fransiya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Niderlandiya, Shveysariya, Italiya va boshqa mamlakatlarning dunyoga mashhur avtokompaniyalari yangi modeldagi avtomobillarini namoyish qildi.

pekinskij-avtosalon

Ko‘rgazmada BMW, Mercedes-Benz, Audi, Volkswagen, Porsche, Lamborghini, Bentley, Rolls-Royce, Lexus, Ford, Volvo, Jaguar, Toyota, Honda, Nissan, Hyundai, Kia va boshqa yuzlab xalqaro avtomobil brendlari ishtirok etdi.

iсэмибчзи

Shu bilan birga, BYD, Chery, EXEED, Jetour, JAC, Li Xiang, Zeekr, Leapmotor, Rising, Yuanhang singari Xitoy kompaniyalari ham yangi rusumdagi avtomobillari bilan ko‘rgazmada hozir bo‘ldi.

Pekin xalqaro avtomobillar ko‘rgazmasi 1990-yildan beri o‘tkazib kelinadi. Bu yilgi ko‘rgazmalar maydoni qariyb 220 ming kvadrat metrni tashkil etdi. Pavilyonlarga dunyoning eng kuchli brendlaridan tortib yangi kompaniyalargacha o‘z avtomobillarini joylashtirgan. Joriy ko‘rgazmada 117 ta yangi modeldagi avtomobil, 41 ta konseptual avtomashinalar namoyish qilindi.