Futbol bo‘yicha 2024-yilgi Olimpiya o‘yinlari guruh bosqichining barcha ishtirokchilari ma'lum bo'ldi

10.05.2024 00:00 Dunyo 5

a813bff50d566cb2e957dc823d350db0

 

2024-yilda Parijda bo‘lib o‘tadigan Olimpiada o‘yinlarida futbol turnirining barcha ishtirokchilari ma’lum bo‘ldi. Eslatib o‘tamiz, futbol bo‘yicha Olimpiada turniri 24-iyuldan 10-avgustga qadar bo‘lib o‘tadi.

Futbol bo'yicha Olimpiya o'yinlarining yakuniy guruhlari quyidagicha:

“A” guruhi: Fransiya, AQSH, Yangi Zelandiya, Gvineya.

"B" guruhi: Argentina, Marokash, Ukraina, Iroq.

“C” guruhi: Ispaniya, Misr, Dominikan Respublikasi, O‘zbekiston.

"D" guruhi: Paragvay, Mali, Isroil, Yaponiya.

Eslatib o‘tamiz, musobaqa reglamentiga ko‘ra, musobaqada o‘yinlar o‘tkaziladigan vaqtda 23 yoshdan katta bo‘lmagan futbolchilar ishtirok etishi mumkin. Bundan tashqari, har bir jamoa yosh cheklovisiz 18 kishilik tarkibga uch nafardan futbolchi kiritish huquqiga ega.