Yaponiyada o‘limga olib boruvchi xavfli kasallik tarqalmoqda

17.05.2024 00:00 Dunyo 6

1005bff-------111

foto:epravda.com.ua

Yaponiyada qo‘l va oyoqlarda to‘qimalarning nobud bo‘lishiga, shuningdek, o‘limga olib kelishi mumkin bo‘lgan gemolitik streptokokk bilan kasallanganlar soni rekord darajada yuqori, deb xabar bermoqda NHK telekanali.

Milliy yuqumli kasalliklar instituti maʼlumotlariga koʻra, yil boshidan 5-mayga qadar jami 801 ta oʻtkir gemolitik streptokokk yuqumli kasalligi qayd etilgan – bu oʻtgan yilga nisbatan 2,76 barobar koʻp. Bundan tashqari, butun 2023-yil davomida 941 ta bunday holat kuzatilgan va bu ham butun tarixdagi kuzatuvlarning maksimal ko'rsatkichidir.

Kasallik odatda A guruhidagi gemolitik streptokokk tomonidan qo'zg'atiladi, infeksiyalar sonining ko'payishi sabablari hali aniq belgilanmagan, ammo mutaxassislar e'tiborni kurash choralari yumshatilgandan keyin faringit holatlari sonining ko'payishiga qaratmoqda. 

“Ko‘pchilik bu bakteriyaning tashuvchisi hisoblanadi, ammo agar bakteriya yara orqali kirsa, bu kasallikning og‘ir va tez o‘sib borishiga olib kelishi mumkin", - deya Mie prefekturasi milliy kasalxonasi direktori Kiyoshi Taniguchi so'zlarini keltiradi telekanal.

Gemolitik streptokokk infeksiyasining manbasini aniqlab bo'lmaydi, deb ta'kidlaydi NHK. Shu bois Tokio maʼmuriyati aholini ehtiyot choralarini koʻrishga chaqirdi.