Eron prezidenti Raisiy halok bo‘ldi

20.05.2024 00:00 Dunyo 6

2024-05-20T041420Z_184920132_RC286W9U30IB_RTRMADP_3_IRAN-SECURITY-PRESIDENT-RAISI

foto:Google Images


 Eron prezidenti Ibrohim Raisiy vertolotining halokatga uchrashi oqibatida barcha yo‘lovchilar va ekipaj a’zolari halok bo‘ldi. Bu haqda Eron Qizil yarim oy jamiyati rahbari Pir Husayn Kolivand ma’lum qildi. 
 
 Halokatga uchragan vertolotning joylashuvi aniqlanganda, vertolotda tirik yo‘lovchilarning izlari topilmadi, dedi u IRIB telekanalida. 
 
 Samolyotda tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyan, Sharqiy Ozarbayjon viloyati gubernatori Malek Rahmati va Tabriz shahrining juma imomi Muhammad Ali Ale Hoshem ham bor edi.