Irlandiya Falastin davlatini rasman tan oldi

29.05.2024 00:00 Dunyo 4

zhizn-v-irlandii

foto:Google

Bu haqda Irlandiya tashqi ishlar va mudofaa vaziri Mishol Martin ma’lum qildi.

“Bugungi hukumat qarori Falastin davlati bilan to‘liq diplomatik aloqalar o‘rnatishga imkon beradi”, — dedi u.

Martinning ta'kidlashicha, Falastin hukumati Dublinga rasmiy so'rov yuborganidan so'ng, Irlandiyadagi Falastin diplomatik missiyasi maqomi elchixona darajasiga ko'tariladi.

Shuningdek, Irlandiyaning Ramallohdagi diplomatik missiyasi ham elchixonaga aylantiriladi.