Sloveniya ham Norvegiya, Irlandiya va Ispaniyadan keyin Falastinni mustaqil davlat sifatida tan oldi. Bu haqda "Xalq so‘zi" nashri veb sayti reuters agentligiga tayanib xabar berdi.
“Bugun Falastinning suveren va mustaqil davlat sifatida tan olinishi Gʻarbiy Sohil va Gʻazodagi Falastin xalqiga umid bagʻishlaydi”, degan mamlakat Bosh vaziri Robert Golob.
Foto: Reuters.com
Muxolifatdagi Sloveniya Demokratik Partiyasi (SDS) Falastinni tan olish boʻyicha referendum oʻtkazishni taklif etgan boʻlsada bu inobatga olinmadi. Chunki vaziyat ovoz berish jarayonini bir oyga kechiktirishi mumkin edi.
Shuningdek, partiya bunday siyosiy qaror HAMAS terrorchi guruhini qoʻllab-quvvatlash ekanini qoʻshimcha qilgan. Yevropa Ittifoqining 27 aʼzosidan Shvetsiya, Kipr, Vengriya, Chexiya, Polsha, Slovakiya, Ruminiya va Bolgariya allaqachon Falastin davlatini tan olgan. Malta ham yaqin orada Falastinni tan olishi aytilmoqda.