Olimlar Grenlandiya muzliklarida noadatiy yirik viruslarni topdi

07.06.2024 00:00 Dunyo 6

66f5dfc4419677c334b7768415a929b0

Orxus universitetining daniyalik olimlari Grenlandiyada noodatiy yirik va murakkab viruslarni topdi. Bunday turdagi mikroorganizmlar birinchi marta muz orasidan topilgan. Tadqiqot Microbiome ilmiy jurnalida chop etildi.

Odatiy viruslarning o'lchamlari 20 dan 200 nanometrgacha, oddiy bakteriya esa 2 dan 3 mikrometrgacha o'sadi. Ya'ni, oddiy virus bakteriyadan taxminan 1000 marta kichikdir. Biroq, gigant viruslar 2,5 mikrometrga etib, ko'pchilik bakteriyalar miqyosidan oshib ketadi. Bundan tashqari, gigant viruslarning genomi ularning standart qarindoshlari genomidan 10 baravar kattaroq va 2,5 milliongacha nukleotidni o'z ichiga olishi mumkin.

Jamoa Grenlandiya gigant viruslari qor yosunlari bilan oziqlanishini aniqladi. Har bahorda bu o'simliklar Grenlandiya muzining katta maydonlarini qoplaydi. Ularning qorong'i yuzasi muzliklarning aks ettirish qobiliyatini pasaytiradi va quyosh nurlari ostida erishini tezlashtiradi.

Olimlarning fikriga ko'ra, viruslar yordamida quyosh energiyasi ta'sirida muz qatlamlarining erishiga yo'l qo'ymaslik, suv o'tlarining rivojlanishiga to'sqinlik qilish mumkin.

Biroq, gigant viruslar hali yetarlicha o'rganilmagan. Oddiy viruslardan farqli o'laroq, ular DNKni tuzatish, replikatsiya qilish, transkripsiya qilish va tarjima qilish imkonini beruvchi ko'plab faol genlarga ega. Mikrobiologlar bu genetik mexanizmlar qanday qo'llanilishini hali aniq bilishmaydi, ammo keyingi tadqiqotlar orqali buni aniqlashga umid qilishadi.

Ilgari olimlar oqava suvda inson miyasini yeyuvchi amyobalarni yo‘q qiladigan ulkan virusni topishgan edi.