Xitoy dunyodagi eng kuchli dengiz shamoli turbinasini o‘rnatdi

14.06.2024 00:00 Dunyo 5

9edb523ccf97b7bf8dd1f006facc8124

Xitoy davlat kompaniyasi “Dongfang Electric Corporation” dunyodagi eng baland dengizda 18 MVt quvvatga ega shamol turbinasi qurilishi tugallanganini e’lon qildi.

Mahalliy ommaviy axborot vositalari xabar berishicha, yangi qurilma yiliga 72 GVt/soat toza energiya ishlab chiqara oladi. Bu sharqiy sohil ehtiyoji va muvozanatini g‘arbiy hudud quyosh energiyasi bilan ta’minlash imkonini beradi. Binobarin, g‘arb ekspertlari o‘ta kuchli shamol turbinasi yaratish borasida Xitoydan o‘rnak olishga shoshilmaslikdan ogohlantirmoqda. Ta’kidlanishicha, bu iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emas.

Xitoy, aksincha, shamol energiyasini 2060 yildan keyingi uglerodsiz quvvat kun tartibining asosi sifatida biladi. O‘tgan yildan boshlab mamlakatda atigi bir kun ichida 16 MVt quvvatga ega shamol generatori yasash texnologiyasi ishlab chiqildi. Natijada qurilmani o‘rnatish jarayoni sezilarli darajada tezlashdi.

Yangi o‘rnatilgan navbatdagi shamol turbinasi diametri 260 metr, ya’ni yettita standart futbol maydonidan kattaroq hududni egallagan rotorga ega. Tabiiyki, aylana qancha keng bo‘lsa, shuncha ko‘p energiya hosil qiladi.

Xitoy kelajakda quvvati 22 MVt, Eyfel minorasidan balandroq va aylanasi 310 metrli rotor bilan ishlaydigan shamol turbinasi yaratishni rejalashtirgan. Bu loyiha hali ishlab chiqish jarayonida.