XXR rahbari Si Szinpin Tsinxay provinsiyasiga tekshiruv safarini amalga oshirdi.

19.06.2024 00:00 Dunyo 7

Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin Tsinxay provinsiyasiga (Shimoliy-g‘arbiy Xitoy) tekshiruv safarini amalga oshirdi.

7bed37cde3b04ba1bb0423edac812a4b

Foto: "Sinxua" agentligi

Safar davomida Si Szinpin Tsinxay provinsiyasining maʼmuriy markazi boʻlgan Sinin shahridagi oʻrta ta'lim maktabi va Tibet buddaviylik ibodatxonasiga tashrif buyurdi. 

Xitoy rahbari mamlakatning sharqiy va g‘arbiy mintaqalari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni chuqur rivojlantirish va ta’lim sohasida maqsadli yordam ko‘rsatish bo‘yicha qilingan sa’y-harakatlar bilan tanishdi.

220e4314087543aeb381a7803a3bdbed

Foto: "Sinxua" agentligi

Si Szinpin shuningdek, Tibet buddaviylik vakillari tomonidan vatanparvarlik va tarixiy anʼanalarini davom ettirish, milliy birdamlik va taraqqiyotga koʻmaklashish borasida qilinayotgan ishlar bilan tanishdi.