Dog‘iston teraktida qurbon bo‘lganlar 20 kishiga yetdi

25.06.2024 00:00 Dunyo 6

FGAzUpC7y7BMhgdLszk8bBwC2U-dG9vS

Dog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbari Tatyana Belyayevaning so‘zlariga ko‘ra, 46 kishi jabrlangan. Ularga barcha zarur tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda – yetti nafar yaradorning ahvoli og‘ir deb baholanmoqda.

«Afsuski, 20 kishi, jumladan, huquq-tartibot idoralari xodimlari va tinch aholi vakillari halok bo‘ldi», — dedi Belyayeva.

Bemorlarni respublikadan tashqariga evakuatsiya qilish to‘g‘risidagi qaror bemorlarni belgilangan qo‘shimcha tekshiruvdan o‘tkazishdan so‘ng qabul qilinadi.

Ba’zi bemorlar davolanishni davom ettirish uchun idoraviy muassasalarga o‘tkaziladi.