Xitoy davlat kosmik kompaniyasi qayta uchiriladigan raketalarni sinovdan o'tkazdi

25.06.2024 00:00 Dunyo 6

kitay22-rXro2lMm

foto: Google Images

Xitoy davlat kosmik kompaniyasi c yasashda Xitoyning xususiy sektorini ortda qoldirdi. Bu haqda South China Morning Post nashri xabar berdi.

Mana shunday raketa 23-iyun kuni uchirildi. Bu yonilg‘i sifatida metan va oksidlovchi sifatida suyuq kisloroddan foydalanadigan uchta dvigatel bilan jihozlangan diametri 3,8 m bo‘lgan prototip raketa hisoblanadi.

Prototip 10 km balandlikka ko‘tarildi, shundan so‘ng boshqariladigan tushish boshlandi. Yerdan 50 m balandlikda raketaning to‘rtta oyoqlari chiqarildi va shu oyoqlar yordamida u muvaffaqiyatli qo‘ndirildi.

Raketa Xitoyning Aerokosmik fan va texnologiya korporatsiyasi (CASC) tarkibiga kiruvchi Shanxay kosmik texnologiyalar akademiyasi (SAST) mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan.

SASTning raqobatchisi Pekinda joylashgan Landspace startapidir. Endi u qayta uchiriladigan raketalarni yaratish ustida ham faol ishlamoqda.