Xitoy va Belarus qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazadi

09.07.2024 00:00 Dunyo 6

0efd14631024e2e02e5eaf9ee505e719

Xitoy va Belarus qurolli kuchlari iyul oyi o‘rtalarida Belarusning Brest shahri yaqinidagi hududda qo‘shma harbiy mashg'ulotlar o‘tkazadi. Bu haqda yakshanba kuni Xitoy Mudofaa vazirligi ma'lum qildi.

Yillik reja va Xitoy-Belarus kelishuvlariga muvofiq rejalashtirilgan qoʻshma harbiy mashg'ulotlarda asosiy eʼtibor terrorizmga qarshi oʻquv mashgʻulotlariga qaratiladi. Mashg'ulotlar davomida ikki davlat harbiy xizmatchilari birgalikda garovga olinganlarni qutqarish va terrorizmga qarshi operatsiyalarni amalga oshiradilar, deyiladi vazirlik xabarida.

Qo‘shma mashg‘ulotlar ishtirokchi bo‘linmalarning tayyorgarlik darajasini oshirish va muvofiqlashtirish imkoniyatlarini oshirish hamda ikki mamlakat qurolli kuchlari o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni chuqurlashtirishga qaratilgan, deya xabar beradi Xitoy Mudofaa vazirligi.