Ispaniya - Yevro-2024 chempioni

15.07.2024 00:00 Dunyo 6

0806d67c1c3f4d305167d8331177d3de

15-iyulga o‘tar kechasi futbol bo‘yicha Germaniya poytaxti Berlinda Yevropa chempionatining final o‘yini bo‘lib o‘tdi. 

Chempionlik bahsida Ispaniya terma jamoasi Angliya bilan kuch sinashib, 2:1 hisobida zafar quchdi.

Uchrashuvda gollarga Niko Uilyams, Koul Palmer va Mikel Oyarzabal mualliflik qildi.

Shunday qilib, Ispaniya o‘z tarixida 4-marta qit’a birinchiligi g‘olibiga aylandi. Inglizlar esa musobaqa tarixida 2-marta finalda imkoniyatni boy berdi. Bungacha futbol vatani vakillari 2020-yilgi finalda Italiyaga imkoniyatni boy bergandi.