Respublikachilar Trampni rasman nomzod sifatida ko‘rsatdi

16.07.2024 00:00 Dunyo 6

zFCWxPefDVtgFynIxXe4g9YAfSsABtB2

Foto: AP

AQSh respublikachilar partiyasi Donald Trampni rasman prezidentlik saylovlarida partiya nomzodi sifatida e’lon qilindi. Bu haqda partiya qurutloyida ma’lum qilindi.

Tramp partiya nomzodi bo‘lish uchun yetarli ovoz to‘pladi. Florida delegatsiyasi unga hal qiluvchi ustunlikni taqdim etdi. Respublikachilar partiyasi sahifasida Donald Tramp hamda tadbirkor Jyey Di Vensning surati paydo bo‘ldi. Postda «Bizning yutadigan chiptamiz» deb yozildi.

Bu postdan anglash mumkinki, Tramp saylovda g‘olib bo‘lsa, o‘ziga vitse-prezident sifatida aynan 39 yoshli tadbirkor va senator Vensni tanlaydi. Bu siyosatchi Ukrainaga harbiy yordam yuborilishiga qarshi va Kiyev tinchlik kelishuvi uchun hududlarining bir qismini Rossiyaga berishi kerak deb hisoblashi bilan tanilgan.