Xitoy kosmik agentligining ta‘kidlashicha, Chang'e-6 missiyasi oyning narigi tomonidan 1 kilogramm 935,3 gramm namunalar to‘plagan.
Namunalarni o‘rganib chiqib, xitoylik tadqiqotchilar birinchi marta Chang'e-5 tadqiqot apparati tomonidan qazib olingan oy tuprog‘i namunalarida tabiiy ravishda paydo bo'lgan grafenni topdilar.
Ushbu kashfiyot oyning geologik faolligini, uning evolyutsiyasini va atrof-muhitni o‘rganishga yordam beradi, oyning tuproq qoplamining murakkab mineral tarkibini tushunishni kengaytiradi va kelajakda oy resurslaridan foydalanish uchun muhim ma‘lumotlarni taqdim etadi.