XKP Markaziy Komiteti uchinchi plenumining yakunlari bo‘yicha qaror qabul qilindi
2024-yil 15-18-iyul kunlari Pekinda bo‘lib o‘tgan Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy Qo‘mitasining 20-chaqiriq uchinchi Plenumida Xitoy modernizatsiyasini ilgari surish uchun islohotlarni yanada chuqurlashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
PlenumnXKP MK Siyosiy byurosi raisligida o‘tdi. Ta.birda XKP Markaziy Qo‘mitasi Bosh kotibi Si Szinpin muhim nutq so‘zladi.
Plenumda Si Szinpinning XKP Markaziy Qo‘mitasi Siyosiy byurosi nomidan qilgan ish yakunlari to‘g‘risidagi ma’ruzasi tinglandi va muhokama qilindi. XPK Markaziy Qo‘mitasining Xitoy modernizatsiyasini rivojlantirishga qaratilgan islohotlarni yanada chuqurlashtirish to‘g‘risidagi qarori ko‘rib chiqildi va qabul qilindi. Si Szinpin plenumga qaror loyihasi yuzasidan tushuntirishlar berdi.
Xitoy 2035 yilgacha yuqori darajadagi sotsialistik bozor iqtisodiyoti tizimini to'liq qurishni rejalashtirmoqda. Bu vaqtga kelib, mamlakatda, asosan, davlat boshqaruvi tizimi va salohiyatini modernizatsiya qilish, shuningdek, sotsialistik modernizatsiya amalga oshiriladi.