Shoshilinch chora-tadbirlar: Xitoyda to‘g‘onni ta'mirlash ishlari 42 soat ichida yakunlandi

18.07.2024 00:00 Dunyo 6

Kuchli yomg‘ir va suv toshqini tufayli Xitoyning Xunan provinsiyasidagi Dunting ko‘lida to‘g‘onga shikast yetgan.

duntin_damba

Favqulodda yordam brigadalari vaziyatga tezda yetib borishdi, jabrlanganlarni evakuatsiya qilish ishlari amalga oshirildi. Eng asosiysi shikastlangan qism ta'mirlandi. Xitoyning ikkinchi eng katta chuchuk suv ko‘lidagi to‘g‘onni ta'mirlash uchun 55,6 ming tonna tosh ishlatilgan.

Jabrlanganlar uchun butun Xitoydan favqulodda yordam yetib keldi. 42 soat davom etgan avariyaviy ishlar davomida buzilgan to‘g‘onning qariyb 12 kilometri tiklandi.

Quyidagi video shu xususida: