Tesla odamsimon robotlar ishlab chiqarshni e'lon qildi

24.07.2024 00:00 Dunyo 6

6ef5fdb04dac3cd0861cb9b79051b940

Tesla 2025-yilda odamsimon robotlar ishlab chiqarishni boshlaydi. Bu haqda kompaniya asoschisi Ilon Mask o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi akkauntida ma’lum qildi.

“Kelgusi yilda Tesla chindan ham foydali odamsimon robotlarga ega bo‘ladi, biroq kompaniyaning ichki foydalanishi uchun ularning soni kam bo‘ladi. 2026-yildan biz boshqa kompaniyalar uchun ommaviy ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishiga umid qilamiz”, — deb yozadi tadbirkor.

Aprel oyida Mask Tesla'ning Optimus deb nomlangan roboti shu yil oxirigacha zavodda ishga tushirishishi va 2025-yil oxirigacha sotuvga tayyor bo‘lishi mumkinligini aytgan edi.

Ma'lumot o'rnida, Optimus prototipi 2022-yilda taqdim etilgan.