foto:ria.ru
Malayziya BRIKS davlatlararo assosiatsiyasiga a’zo bo‘lish uchun ariza topshirdi, deb xabar berdi Bernama axborot agentligi 28 iyul, yakshanba kuni.
“Malayziya BRIKSga raislik qilayotgan Rossiyaga tashkilotga a’zo bo‘lish yoki unda strategik sherik sifatida qatnashish bo‘yicha rasmiy so‘rov yubordi”, — deya mamlakat bosh vaziri Anvar Ibrohimning so‘zlaridan iqtibos keltiradi agentlik.
Bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra, 27 iyul kuni Kuala Lampurga tashrif bilan kelgan Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashuvida Malayziyaning guruhga qo‘shilishi masalasi asosiy mavzu bo‘lgan. Malayziya hukumati BRIKSga qo‘shilish niyatini iyun oyi o‘rtalarida e’lon qildi, deya qo‘shimcha qiladi Bernama.