Olimpiadada qatnashayotgan ko‘plab terma jamoalar orasida qochqinlar iborat jamoa ham bor. Uning tarkibi 11 mamlakat va mintaqani ifodalovchi 36 nafar sportchidan iborat.
Suriyalik qochqin Muhammad Amin Alsalami 2011-yilda Suriyada fuqarolar urushi boshlanganidan beri avvalgidek jismoniy mashqlar qila olmadi. U Germaniyada mashg‘ulotlarni davom ettirdi va nihoyat Parijda 2024 yilgi Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma oldi.
“Vatanim uchun ishtirok etishni xohlayman. Germaniya va qochqinlar jamoasi menga katta yordam berdi, lekin qaysi davlat uchun ishtirok etishni istaysan deb deb so‘rasangiz, albatta Suriya deyman. Men finalga chiqishga va barchaga biz shunchaki qochqinlar emasligimizni ko‘rsatishga chin dildan umid qilaman. Biz sport maydonida turibmiz, biz ham raqobatbardosh sportchilarmiz”, dedi suriyalik qochqin.