Xitoylik olimlar birinchi marta Oy tuproq namunalarida molekulyar suvni kashf qilishdi + VIDEO

07.08.2024 00:00 Dunyo 4

Xitoy Fanlar akademiyasi Fizika instituti maʼlumotlariga koʻra, Xitoy tadqiqot guruhi Chanye-5 missiyasi tomonidan yetkazilgan Oy tuprogʻi namunalarida suv molekulalari va ammoniyga boy nomaʼlum ULM-1 mineralini topdi.

Bu Oy tuprog'ida molekulyar suvning birinchi kashfiyoti sanaladi. Ushbu yangilik bilan bog'liq natijalar yaqinda Nature Astronomy xalqaro ilmiy jurnalida chop etildi.

Quyidagi video shu xususida: