Fubao ismli urg‘ochi panda 2020 yil 20 iyulda Koreyaning "Eyborak"hayvonot bog‘ida tug‘ilgan. U Koreyada tug‘ilgan birinchi xitoylik panda bo‘ldi.
2024 yilda Fubao Xitoyga qaytib keldi va tug‘ilgan kunini birinchi marta o‘z vatanida nishonladi.
Ko‘plab muxlislar mashhur pandani tabriklash uchun yig‘ilishdi. Unga bayram uchun maxsus chizilgan ikkita rasm sovg‘a sifatida taqdim etildi. Tabriklar bilan koreyalik sayyohlar ham kelishdi. Panda bunday e‘tibordan xursand.