“Bloomberg” dunyoning eng badavlat kishilarining yangilangan reytingi — “Bloomberg Billionaires Index"ni e’lon qildi.
Nyu-Yorkdagi savdo natijalari asosida har kuni yangilanib turuvchi ushbu reyting milliarderlarning boyligini aks ettiradi.
Amerikalik tadbirkor Ilon Mask ushbu reyting bo‘yicha dunyoning eng boy odamlari ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi.
15-avgust holatiga, “Tesla” va “SpaceX” kompaniyalari rahbarining boyligi $230 mlrdga baholanmoqda.
Ikkinchi o‘rinda “Amazon” asoschisi Jeff Bezos, uning boyligi $193 mlrdga baholangan. Kuchli uchlikni “Louis Vuitton Moet Hennessy” (LVMH) rahbari va egasi Bernard Arno $188 mlrd boyligi bilan yakunladi.
Undan keyingi o‘rinni “Meta"asoschisi Mark Sukerberg $187 mlrd bilan eggalagan bo‘lsa, kuchli beshlikni $155 mlrd bilan “Microsoft” asoschisi Bill Geyts yakunladi.
Kuchli o‘ntalikda Larri Ellison ($149 mlrd), Larri Peyj ($145 mlrd), Stiv Balmer ($144 mlrd),Uorren Baffet ($138 mlrd) vaSergey Brin ($136 mlrd) bor.