Xitoyda barcha uy yumushlarini bajaruvchi robot yaratildi

26.08.2024 00:00 Dunyo 5

34b6b95dd324a9ad1305823313511164

Xitoyda barcha uy yumushlarini bajaradigan robot yaratildi, deb xabar beradi “MIR 24”.

Sun‘iy intellektga ega mexanik yordamchi ovqat pishirishi, choy tayyorlashi va hatto musiqa asboblarida chalishi mumkin. 

U g‘ildirakli platformada harakatlanadi, gavdaning konstruksiyasi esa robotga oson cho‘kish va egilish imkonini beradi. Ammo uning asosiy xususiyati - qo'llari juda tez harakat qiladi va 10 kilogrammgacha ko'tara oladi. Robot butunlay mustaqil, lekin foydalanuvchi uni virtual reallik ko‘zoynaklari yordamida boshqarishi mumkin.