Eron prezidenti mamlakat poytaxtini ko‘chirish fikrini bildirdi

09.09.2024 00:00 Dunyo 4

Eron prezident

Eron prezidenti Masud Pezeshkiyonning fikricha, mamlakat poytaxtni boshqa joyga ko‘chirmasdan turib hal qilib bo‘lmaydigan muammolarga duch kelmoqda.

Uning fikricha, respublikaning asosiy shahri janubda bo‘lishi kerak.

«Iqtisodiy va siyosiy markazni mamlakat janubiy qirg‘oqlariga ko‘chirishdan boshqa choramiz yo‘q. Xom-ashyoni janubdan va qirg‘oqdan markazga yetkazib berish, tayyor mahsulot yaratish va uni janubga eksport qilish uchun qaytarish zarurati raqobatbardoshligimizni sezilarli darajada pasaytiradi», — dedi janob Pezeshkiyon. 

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, odamlar ularga ergashishi uchun hokimiyat birinchi qadamni qo‘yishi kerak. Tehron muammolari orasida u suv tanqisligi, havoning ifloslanishi va tuproqning cho‘kishini tilga oldi.

Eslatib o'tamiz,Tehron Eronning eng katta shahri. Shahar aholisi 13 million kishidan oshadi. Tehron 1795 yildan beri poytaxt vazifasini bajarib keladi.