Xitoyning Iu shahri Parij Olimpiadasi vaqtida yana bir bor diqqat markazida bo‘ldi. Olimpiada vaqtida Huan Yuytin Xitoyga birinchi oltin medalini keltirganidan so'ng, uning soch qisqichi tezda mashhur bo‘lib ketdi. Iulik tadbirkorlar shu zahotiyoq xuddi shunday soch turmagi ishlab chiqarishdi. Bu mahsulotga bo‘lgan buyurtmalar esa 600 ming donadan oshdi.
Dunyodagi eng yirik kichik tovarlarni tarqatish markazlaridan biri sifatida Iu Olimpiya o‘yinlari bilan bog'liq mahsulotlarning keng assortimentini taklif etadi. Joriy yilning birinchi yarmida Iuning Fransiyaga eksporti 1,73 milliard yuanga yetdi va sport tovarlari eksporti 150,7 foizga oshdi. Transchegaraviy elektron tijorat va samarali logistika tizimlarining rivojlanishi Iu mahsulotlarini butun dunyo bo'ylab sotilishini ta'minladi.
Quyidagi video shu xususida: