Jo Bayden Qo‘shma Shtatlar g‘alabaga qadar Ukrainani qo‘llashini ma‘lum qildi

25.09.2024 00:00 Dunyo 4

bayden

AQSH Ukraina urushda g‘alaba qozonmaguncha uni qo‘llab-quvvatlashda davom etadi. Bu haqda Jo Bayden BMT Bosh assambleyasining AQSHda bo‘lib o‘tgan 79-sessiyasidagi nutqi chog‘ida aytib o‘tdi.

Uning fikricha, Rossiya NATOni zaiflashtirishga urinmoqda. “Biroq NATO hozir har qachongidan ham kuchliroq”, dedi AQSH prezidenti.

Nutqi davomida Bayden Yaqin Sharqda o‘t ochishni to‘xtatish vaqti kelganini ta’kidladi. “Diplomatik yechimning hali ham imkoni bor”, dedi u.

AQSH prezidenti, shuningdek, Oq uy Eron yadro qurolini yaratish va undan foydalanishiga yo‘l qo‘ymasligini eslatib o‘tdi.