Xitoy gigant shamol turbinasini ishga tushirdi

30.09.2024 00:00 Dunyo 4

shamol turbinasi

Xitoy tarixdagi eng katta shamol turbinasini ishga tushirdi. Bu haqda “Eco News” xabar bermoqda. 

Qayd etilishicha, “Mingyang Smart Energy” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan turbina dengiz sathidan taxminan 152 ming kvadrat metr maydonni egallaydi.

Ommaviy axborot vositalarining ta’kidlashicha, 20 MVt quvvatga ega innovatsion shamol turbinasi kompaniyaning texnologik yutuqlari cho‘qqisini ifodalaydi va shamol energetikasi sohasida yangi rekordlarni o‘rnatadi.

Qurilma shamol sharoitiga qarab 10 dan 20 MVtgacha quvvat ishlab chiqarishi mumkin. Shu bilan birga, landshaft nuqtayi nazaridan u 260 metrdan 292 metrgacha bo‘lgan eng katta rotor diametriga ham ega.