Xitoydagi qabrdan 3600 yillik pishloq topildi

30.09.2024 00:00 Dunyo 4

mumiya

Xitoyning Shinjon shahridagi Syaoxe qabristonida o‘tkazilgan arxeologik qazishmalarda topilgan tobut ichidan chiqqan zargarlik buyumi deyilgan noyob topilma pishloq bo‘lib chiqdi. Bu haqda “Sky News” xabar berdi.

Qabristonda 2003 yilda olib borilgan qazishmalar paytida 3600 yillik tobut ochib ko‘rilgan edi. 21 yil o‘tgach, tadqiqotchi guruh tobut ichidan olingan detal kefir pishloqi degan xulosaga keldi.

Pekindagi Xitoy Fanlar Akademiyasining paleogenetik mutaxassisi Qiaomei Fu oddiy pishloq yumshoq bo‘lishidan kelib chiqilsa, hozir topilgan buyumning pishloq yoki qandaydir taom masallig‘i ekanini faraz qilish g‘alati tuyulishini bildirdi.

“Biz topgan narsa haqiqatan ham quruq, zich va qattiq shaklda. U yillar davomida chang bilan shu ko‘rinishga kelgan”, deydi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ayolning tobuti eksgumatsiya qilinganida, “Tarim havzasi” cho‘lining quruq iqlimi tufayli u yaxshi saqlanib qolgan.

Pishloq ishlab chiqarish tarixda uzoq vaqtdan beri borligi tasvirlangan bo‘lsa-da, tadqiqotchilar “Cell” jurnalida chop etilgan maqolada “fermentlangan sut mahsulotlari tarixi asosan antik davrda yo‘qolgani”ni yozgan.

“Bu 3600 yillik kefir pishloq namunalari 3000 yildan ortiq saqlanib qolgan va bronza davridagi Xiaohe aholisi tomonidan ishlab chiqarilgan bir necha sut qoldiqlari qatoriga kiradi”, deydi olimlar.