Joriy yilning 1 oktabr kuni ertalab Pekin markazidagi Tyananmen maydonida Xitoy Xalq Respublikasi tashkil topganining 75 yilligiga bag‘ishlangan Xitoy davlat bayrog‘ini ko‘tarish tantanali marosimi bo‘lib o‘tdi.
Xitoy Xalq Ozodlik Armiyasining (XXQ) 96 nafar askaridan iborat Xitoy Davlat bayrog‘i karvoni besh yulduzli qizil bayroqni kuzatib, Tyananmen darvozasidan maydon markazidagi ustungacha yo‘l oldi. So‘ngra davlat madhiyasi sadolari ostida Xitoy Xalq Respublikasi davlat bayrog‘ini ko‘tarish marosimi tashkil qilindi.
Erta tongdan maydonga ayni mamlakatning barcha hududlaridan to‘plangan tomoshabinlar davlat bayrog‘ini ko‘tarishning hayajonli daqiqalarini kutdilar. Ular jarayonni tomosha qilib, Xitoy madhiyasini kuylashdi. Ko‘pchilikning qo‘llarida davlat bayroqlari, yuzlarida esa davlat bayrog‘i tasviri tushirilgan stikerlar bo‘ldi.
Xitoy Xalq Respublikasi tashkil topgan kun munosabati bilan maydon markazida balandligi 18 metr bo‘lgan gul savati ko‘rinishidagi ulkan instalyatsiya o‘rnatildi.
Qayd etish kerak, XXR tashkil topgan kun har yili 1 oktabrda nishonlanadi.
Quyidagi video shu xususida: