Adabiyot boʻyicha Nobel mukofoti sovrindori eʼlon qilindi

11.10.2024 00:00 Dunyo 4

Stokgolmda Shvetsiya qirollik fanlar akademiyasining Nobel qoʻmitasi adabiyot boʻyicha laureatlarni eʼlon qildi. Unga koʻra, Janubiy Koreyalik yozuvchi Xan Gang 2024-yilgi adabiyot boʻyicha Nobel mukofotiga loyiq koʻrildi. Bu haqda "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.

Maʼlum boʻlishicha, mukofot unga tarixiy jarohatlarga qarshi kurashadi

b65a981bd09e37881be8d7bdbe5ca6431010

gan va inson hayotining moʻrtligini ochib beradigan taʼsirli sheʼriy nasri uchun berilgan. Yozuvchi 2016-yilda “Vegetarian” romani uchun Xalqaro Buker mukofotini qoʻlga kiritgan edi.

Endi ertaga, 11-oktyabr kuni Osloda tinchlik boʻyicha Nobel mukofoti laureatlari nomi eʼlon qilinadi.

Maʼlumot uchun, laureatlarni taqdirlash marosimi Stokgolmda 10-dekabr kuni, Alfred Nobel vafot etgan kuni boʻlib oʻtadi. Bu yilgi mukofot miqdori 11 million shved kronasi yoki taxminan 1,06 million dollarni tashkil etadi. Pul mukofotidan tashqari, Shvetsiya qiroli sovrindorlarga medal va diplomlarni topshiradi.