2050-yilga kelib 1,2 milliard odam ko'chmanchiga aylanishi mumkin

26.11.2024 00:00 Dunyo 4

global issiqlik, qurgoqchilik

foto:ox.ac.uk


Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori (JSST) Tedros Adxanom Gebreyesus iqlim o‘zgarishi oqibatlari xususida ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, 2050-yilga borib aynan iqlim o‘zgarishi omillari sabab 1,2 milliardga qadar odam yashash joyini tark etishga majbur bo‘ladi.

JSST rahbari ta’kidlashicha, iqlim bo‘hroni bu – salomatlik inqirozidir. Bu muammo, xususan, migrantlar sog‘lig‘iga kuchli ta’sir ko‘rsatadi.

«Shu bois biz BMT Iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi hadli konvensiyasi Tomonlari konferensiyasining 29-sessiyasi (COP29) va istiqboldagi anjumanlar deklaratsiyalariga migrantlar salomatligi masalasi kiritilishini talab qilamiz», – deb yozgan Tedros Adxanom Gebreyesus.

Olimlar iqlim o‘zgarishining salbiy oqibatlari haqida bong urib kelmoqda.