“Yadroviy beshlik” uchrashuvi bo'lib o'tdi

13.12.2024 00:00 Dunyo 5

yadro ,bomba

Beshta yadroviy davlat — AQSH, Rossiya, Buyuk Britaniya, Fransiya va Xitoy vakillari Dubayda uchrashdi. Bu haqda Xitoy Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Uchrashuv 4-dekabr kuni Xitoy raisligida ekspertlar darajasida o‘tkazildi, unda yadro doktrinasi muhokama qilindi. Pekin ma’lumotlariga ko‘ra, munozara “ochiq” bo‘lib o‘tdi.

Bir-birining yadro doktrinalarini yaxshiroq tushunish va anglashilmovchiliklar hamda xato hisob-kitoblarning oldini olish maqsadida bunday munozara o‘z vaqtida o‘tkazilishiga qaror qilindi, deyiladi Xitoy Tashqi ishlar vazirligi bayonotida.

Avgustdan boshlab “yadro beshligiga” raislik Rossiyadan Xitoyga o‘tdi. O‘tgan safar davlatlar 10-oktyabr kuni Nyu-Yorkda uchrashgandi.