foto:BBC com
AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp Xitoy raisi Si Szinpinni 2025-yil 20-yanvarga mo‘ljallangan inauguratsiya marosimiga taklif qildi. Bu haqda CBS News xabar berdi.
AQShdagi saylov natijalari 2025-yil 6-yanvarda Kongressning yangi tarkibi tomonidan rasman tasdiqlanadi. Inauguratsiya uchun mas’ul bo‘lajak prezident jamoasi Trampning qasamyod marosimiga boshqa xorijiy mehmonlarni ham taklif qilishni rejalashtirmoqda. Xususan, tadbirda Vengriya bosh vaziri Viktor Orban qatnashishi mumkin.
"Inaguratsiyaga odatda elchilar va boshqa diplomatlar taklif qilinadi, ammo Davlat departamentining 1874-yilga oid yozuvlari xorijiy yetakchilar hech qachon hokimiyatni topshirish marosimida ishtirok etmaganidan dalolat beradi", deyiladi xabarda.