Braziliya Tashqi ishlar vazirligi Indoneziya BRIKSning to‘laqonli a’zosi bo‘lganini ma’lum qildi. Qaror tashkilotga a’zo barcha davlatlar tomonidan ma’qullandi, deb xabar beradi diplomatik idora.
Indoneziyani BRIKS a’zoligiga qabul qilish qarori 2024 yilda mamlakatda o‘tkazilgan prezidentlik saylovlari va yangi hukumat shakllantirilganidan keyin qabul qilingan. Braziliya TIV ushbu davlatni aholi soni va iqtisodining kattaligi bo‘yicha janubi-sharqiy Osiyodagi asosiy mamlakatlardan biri deb atadi. Idoraning ta’kidlashicha, Indoneziyaning BRIKSga qo‘shilishi Braziliya uchun raislik davridagi ustuvor yo‘nalishlardan biri bo‘lgan Global Janub bilan hamkorlikka ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
BRIKS — iqtisodiy hamkorlik tashkiloti. 2001 yilda britaniyalik iqtisodchi Jim Onil jahon iqtisodini o‘rganish jarayonida bir guruh katta davlatlarda iqtisodiy tizimli o‘sishga e’tibor berib, shartli ravishda BRIKS deb ataydi (Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy). 2010 yilda bunga JAR qo‘shildi, bugun tashkilotda to‘qqizta davlat bor.