Erdo‘g‘an yana bir bor prezidentlik saylovlarida qatnashishi mumkin

13.01.2025 00:00 Dunyo 4

Erdo'gan,Turkiya

foto:NBC

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an prezidentlik saylovida ishtirok etishi mumkin. Bu uning Shonliurfa viloyatidagi mitingdagi bayonotidan kelib chiqadi, deb xabar berdi NTV Haber.

Prezident mitingda turk xonandasi Ibrohim Totlises bilan suhbatlashdi. Qo‘shiqchi Erdo‘g‘andan «prezidentlikka nomzodingizni qayta qo‘yishga tayyormisiz» deb so‘radi. «Siz bilan tayyorman», deb javob berdi prezident.