Xitoyda dunyodagi eng baland ko‘prik qurilmoqda

23.01.2025 00:00 Dunyo 4

ko'prik

Xitoyda qurilayotgan dunyodagi eng baland ko‘prikning po‘lat fermalari o‘rnatib bo‘lindi. ITHome nashriga ko‘ra, barcha 93 ta po‘lat fermalari muvaffaqiyatli o‘rnatilib, endi ko‘prikni tutashtirish ishlari boshlangan.

Ko‘prik Guychjou provinsiyasining Lyuchji-Anlun tezyurar avtomomagistralidagi Xuatszyan katta kanyoni ustidan o‘tadi. Ko‘prikning qurilishi 2022-yilda boshlangan va uning ochilishi 2025-yilning iyuniga rejalashtirilmoqda.

Po‘lat osma ko‘prikning umumiy uzunligi 2890 metr bo‘lib, ko‘prikning dengiz sathidan balandligi rekord darajadagi 625 metrni tashkil etadi (dara tubidan ko‘prik to‘shamigacha bo‘lgan balandlik). Xitoy ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, ko‘prik darani kesib o‘tish vaqtini 70 daqiqadan bir daqiqagacha qisqartiradi.