Suriyaning yangi prezidenti e’lon qilindi

31.01.2025 00:00 Dunyo 5

Suriya, bayroq

foto:Google

“Hayat Tahrir ash-Shom” guruhi yetakchisi Ahmad al-Shara’a (Abu Muhammad al-Juloniy) Suriyaning o‘tish davri prezidenti deb e’lon qilindi. Bu haqda isyonchilar koalitsiyasi qo‘mondoni Hasan Abdul G‘ani ma’lum qildi.

Al-Shara’a mamlakatning yangi konstitutsiyasi qabul qilingunga qadar amal qiladigan vaqtinchalik qonunchilik kengashini shakllantirish bilan shug‘ullanadi. Suriyaning yangi hukumati armiya va xavfsizlik xizmatlarini tarqatib yubordi. Ularning o‘rniga fuqarolar xavfsizligini ta’minlaydigan yangi tuzilma paydo bo‘ladi.