So‘nggi yillarda dunyoda turli epidemiyalar avj olayotgani aytilmoqda

01.02.2025 00:00 Dunyo 6

vabo,kasallik

foto:google images

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining yangi hisobotiga ko‘ra, o‘tgan yili dunyoda vaboga chalinish holatlari sezilarli darajada oshdi.

33 mamlakatda yashovchi 805 mingga yaqin kishiga ushbu kasallik tashxisi qo‘yilgan. Bemorlardan 5 ming 800 nafardan ziyodi epidemiya tufayli hayotdan ko‘z yumgan,bu 2023 yildagiga nisbatan qariyb 100 mingtaga, 2022 yilga qiyoslaganda esa 340 mingtaga ko‘pdir.

Yuqori o‘sish dinamikasi asosan Sharqiy O‘rta yer dengizi mintaqasida qayd etilgan. Jumladan, Yaman bu borada yetakchilik qildi: mamlakatda o‘tgan yili 260 mingdan ortiq yangi kasallanish holatlari ro‘yxatga olingan.

Shuningdek, Afrika davlatlarida ham epidemiya tarqalishi avj olgan: Sudanda 51 ming, Kongo Demokratik Respublikasida 31 ming, Efiopiyada 27 ming va Nigeriyada 24 ming nafardan ortiq kishida vabo aniqlangan.