Kim Chen In atom suvosti kemasi qurilishi bilan tanishdi

Kim Chen In atom suvosti kemasi qurilishi bilan tanishdi

09.03.2025 00:00 Dunyo 26

Kim Chen In

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In “muhim kemasozlik zavodlari”ni ko‘zdan kechirdi va u yerda  atom suvosti kemasi qurilishi bilan tanishdi.

Bu haqda Janubiy Koreyaning Yonhap agentligi 

U mamlakatdagi dengiz mudofaa tizimi har qanday zaruriy hududlarda cheklovlarsiz, to‘liq joylashtirilishini ta’kidladi.

Zavodga tashrifi davomida Kim Chen In 2021-yilda bo‘lib o‘tgan partiya qurultoyida eʼlon qilingan mudofaa qaroriga muvofiq qurilayotgan yadroviy quvvatli strategik suvosti kemasini ko‘zdan kechirdi.

Shimoliy Koreya birinchi marta ballistik raketalarni tashishga qodir suvosti kemasi qurilishi haqidagi ma’lumotlarni ommaga oshkor qildi va kema tashqi ko‘rinishini ko‘rsatdi.