Daniya AQShga urush bilan tahdid qildi

14.03.2025 00:00 Dunyo 6

Tramp

Daniya parlamenti (Folketing) Mudofaa qoʻmitasi rahbari Rasmus Yarlov AQSh prezidenti Donald Trampning Grenlandiyani Amerika tarkibiga qoʻshish haqidagi da’volari Kopenhagen va Vashington oʻrtasida harbiy toʻqnashuvga olib kelishi mumkinligini aytdi.

Yarlov bu fikrini Trampning “orolda yaqin kelajakda AQSh bayrogʻi hilpiraydi” degan soʻzlariga javoban bildirdi. NATO Bosh kotibi Mark Ryutte esa bu masalada alyans aralashmasligini xohlashini ta’kidladi.

“Biz NATO bosh kotibining Tramp bilan Grenlandiya borasidagi hazillarini qoʻllab-quvvatlamaymiz. Bu NATOga a’zo ikkita davlat oʻrtasida urush boshlanishi mumkinligini anglatadi”, — deb yozdi Yarlov X ijtimoiy tarmogʻida.

12-mart kuni oʻtkazilgan Grenlandiya parlament saylovlari natijalariga e’tibor qaratdi. Saylovda gʻalaba qozongan muxolifatdagi “Demokratlar” partiyasi orolning Daniyadan mustaqilligini qoʻllab-quvvatlasa-da, AQSh tarkibiga qoʻshilishga qarshi ekanini aytdi.

Donald Tramp avval ham bir necha bor Grenlandiyani AQSh tarkibiga qoʻshish istagini bildirgan. 5-mart kuni Kongressdagi chiqishida u Vashington “istasa-istamasa, bu orolga egalik qiladi”, deya bayonot berdi.