Oq uy Milliy Iqtisodiy Kengashi direktori Kevin Hasset ham Xitoy bilan savdo kelishmovchiliklarini hal qilish jarayoni borligini, biroq u “boshlang'ich bosqichida” ekanini aytdi.
130 davlat AQSH ma’muriyati bilan bog‘lanib, tariflar bo‘yicha muzokaralar olib borish istagini bildirdi. AQSH allaqachon ular bilan muzokaralarni boshlagan. Bu haqda Oq uy Milliy iqtisodiy kengashi direktori Kevin Hasset CNN telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Xitoy bilan bog‘liq jarayon bor. U boshlang‘ich bosqichida”, dedi Hassett.
13 aprel kuni AQSH Savdo vaziri Govard Lutnik ham AQSH Xitoy bilan savdo aloqalari bo‘yicha vositachilar orqali “yumshoq muloqot” boshlaganini e’lon qildi.