Ushbu operatsiya 2024-yil may oyida, bemorda “dilatatsion kardiomiopatiya” deb ataluvchi irsiy va surunkali kasallik tashxisi qo‘yilgani va unga mos keluvchi donor topilmagani sababli amalga oshirilgan.
Xitoyning Sinxua axborot agentligi xabariga ko‘ra, operatsiya shu oyning dastlabki kunlarida bo‘lib o‘tgan va taxminan 5 soat davom etgan. Aytilishicha, jarrohlar bolaga og‘irligi 45 gramm, diametri esa atigi 2,9 santimetr bo‘lgan sun’iy yurakni implantatsiya qilishgan.
Hozirda bemorning tibbiy holati ijobiy ko‘rsatgichda. Agentlik esa ushbu muvaffaqiyatli operatsiyani nafaqat Xitoy tibbiyotida, balki butun dunyo yurak jarrohligi sohasidagi muhim yutuq ekanini qayd etgan.