foto:interestingengeeniring
Xitoy va Rossiya rahbarligi ostidagi Xalqaro Oy tadqiqot stansiyasining (ILRS) dastlabki rejalari Oy yuzasida atom elektr stansiyasi qurishni ham o‘z ichiga oladi. Bu haqda «Chane-8» Xitoy kosmik missiyasining bosh muhandisi Pey Chjaoyuya ma’lum qildi.
Xitoylik davlat xizmatchilari tomonidan taqdim etilgan taqdimot Pekin xalqaro kosmik Oy stansiyasini mini-AESdan energiya bilan ta’minlashni rejalashtirayotganini ko‘rsatdi.
2028-yilda Yer sun’iy yo‘ldoshi yuzasiga qo‘nish apparatini ishga tushirish rejalashtirilgan, undan lunoxod va robot chiqadi (oxirgisi haqida batafsil ma’lumotlar hozircha yo‘q). Avvalroq missiya davomida 3D-bosma usulida qurilish bo‘yicha tajriba o‘tkazilishi aytilgandi. Shunga o‘xshash usul bilan bo‘lajak baza konstruksiyalarini qurish mo‘ljallangan.
Kelajakda XXR Xalqaro Oy tadqiqot stansiyasi loyihasiga 50 ta davlat, 500 ta xalqaro ilmiy-tadqiqot institutlari va 5 mingga yaqin chet ellik tadqiqotchilarni jalb etish niyatida.