Si Szinping Rossiyaga tashrif buyuradi

05.05.2025 00:00 Dunyo 5

Putin Si

Xitoy raisi Si Szinping prezident Vladimir Putinning taklifiga binoan 7—10-may kunlari rasmiy tashrif bilan Rossiyaga boradi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati ma’lum qildi.

Si G‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etadi, davlat rahbarlari o‘rtasida muzokaralar o‘tkaziladi va hujjatlar imzolanadi

Muzokaralarda keng qamrovli sheriklik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirishning asosiy masalalari, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb muammolar muhokama qilinadi. Bir qator ikki tomonlama hukumatlararo va idoralararo hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan, deyiladi xabarda.

G‘alabaning 80 yilligiga Moskvaga 20 ga yaqin davlat rahbarlari kelishi kutilmoqda

9-may kuni ko‘p tashrif buyuradigan MDH davlatlari rahbarlari bilan bir qatorda, Braziliya va Burkina-Faso prezidentlari Lula da Silva va Ibrohim Traore, Venesuela hamda Vetnam yetakchilari Nikolas Maduro va To Lama, Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich va Slovakiya bosh vaziri Robert Fitso ishtirok etishi rejalashtirilgan.