AQSh prezidenti Donald Tramp xorijiy filmlarga 100 foizli boj joriy etish rejalari haqida e’lon qildi. U bu haqda o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozgan
Uning aytishicha, boshqa davlatlar Amerika kinoijodkorlari va studiyalarining mamlakat tashqarisida ishlashini ta’minlash uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilmoqda. Ayni paytda esa AQSh kino sanoati “tezlik bilan o‘lib bormoqda”. “Biz filmlar yana Amerikada suratga olinishini istaymiz”, — dedi AQSh prezidenti.