U qisqa muddatli sayohat qilgan 6 kishilik sayyohlar guruhiga berildi
15 mart kuni kechqurun HY507 reysi Urumchi xalqaro aeroportiga qo'ndi. Toshkentdan kelgan olti nafar o'zbekistonlik sayyohlar guruhi bu yil Shinjon ma'muriy markazi aeroportida viza olgan birinchi yo'lovchilar bo'lishdi..
Yetib kelgach, o'zbekistonlik yo'lovchilar Urumchi xalqaro aeroportining viza bo'limida guruh sayyohlik vizasini olish uchun ariza berishdi.
Kamolaxon Kamilova Urumchiga tez-tez sayohat qiladi. Bu safar u shaharda bir hafta qolib,turli xaridlar amalga oshirishni rejalashtirmoqda.
foto:Chinanews.com
"Aeroportda viza olish uchun ariza berish imkoniyati juda qulay, bu juda yoqimli", deydi u.
Joriy yil boshida Xitoy xalq Respublikasining migratsiya ishlari bo'yicha davlat boshqarmasi Shinjon-Uyg'ur avtonom viloyatida erkin savdo pilot zonasini tashkil etish, "kamar va yo'l"ni birgalikda qurishda o'zaro hamkorlikni mustahkamlash munosabati bilan chet elliklarning Xitoyga kirishini osonlashtirish bo'yicha bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirdi.
Vizalarni berishning soddalashtirilgan tartibini joriy etish Shinjonda biznes yuritish, ta'lim va turizm uchun qulay kirish-chiqish tartibini ta'minlashga qaratilgan bo'lib, ushbu chora-tadbirlar Xitoy va xorijiy mutaxassislar o'rtasidagi almashinuvni kengaytiradi, tashqi dunyoga ochiqlikni yuqori darajada qo'llab-quvvatlaydi.
Urumchi xalqaro aeroportining viza bo'limi Shinjonga kelgan chet ellik ishbilarmonlar uchun yanada qulay sharoit yaratish maqsadida joriy yilda birinchi bor guruh uchun turist vizasini berdi. Bo'lim xabar berishicha, ShUAR jamoat xavfsizligi departamentining chiqish va kirish bo'limi Shinjonga tashrif buyurish va almashish, hamkorlik, investitsiyalar va tadbirkorlikni yo'lga qo'yish maqsadida ish safari, qarindoshlarnikiga tashrif buyurish va shaxsiy masalalar bo'yicha qisqa muddatli tashriflar kerak bo'lgan chet elliklarga xizmat ko'rsatish orqali ochiqlikni ta'minlashga alohida e'tibor qaratishda davom etadi. Shuningdek, aeroportga kelgandan keyin viza olish uchun murojaat qilishda qulay sharoitlarni ta'minlaydi