Xitoy xalq universiteti (Renmin university of China) “Bir makon, bir yoʻl” tashabbusi doirasida 2024-yilgi global magistrlik dasturiga jurnalistika va kommunikatsiya boʻyicha navbatdagi qabul jarayonlarini e'lon qildi.
Qayd etish kerak ushbu loyiha Xitoy xalq universitetining Jurnalistika va kommunikatsiya maktabida 2018-yil mart oyida boshlangan. Dastur 2 yil davom etadi, datslar ingliz tilida olib boriladi. Xalqaro istiqbollar, multimediali reportaj tayyorlash koʻnikmalarini hamda turli madaniyat va mamlakatlar oʻziga xosligini tushunish dasturdan oʻrin olgan.
Oʻquv rejasi oʻrta va yuqori darajadagi muloqot va jurnalistika kurslaridan iborat boʻlib, media nazariyalarining tarixi va rivojlanishi, media sanoati, amaliy koʻnikmalar va tadqiqot usullarini oʻz ichiga oladi. Bundan tashqari, dastur xitoy tilini o'rgatish va Xitoy siyosati, iqtisodiyoti, jamiyati va madaniyati boʻyicha kurslarni taklif qiladi.
Birinchi yilda talabalar kurs ishlari va hisobot amaliyotiga e'tibor berishadi. Oʻqishning ikkinchi yilida ular ijtimoiy amaliyot yoki ommaviy axborot vositalarida amaliyot oʻtashga eʻtibor berishadi, shuningdek, amaliy mavzularda magistrlik dissertatsiyalari ustida ishlashadi.
Ma'lumot uchun: O‘tgan 60 yil davomida Jurnalistika va kommunikatsiya maktabi 10 mingdan ortiq mutaxassis tayyorladi. Hozirda ayni maktabda bakalavriat, magistratura va PhD yo‘nalishlarida 1200 ga yaqin talaba tahsil oladi.
Nomzodlarga qoʻyiladigan talablar quyidagicha:
1. Xitoy fuqarosi boʻlmaslik.
2. Amaldagi xorijga chiqish passporti;
3. Jismoniy va ruhiy salomatlik;
4. Bakalavr darajasi yoki undan yuqori, IELTS 6.0 yoki undan yuqori darajadagi ingliz tilini bilish;
5. Universitetning qo'shimcha qoidalariga rioya qilish;
6. Xitoy siyosati, iqtisodiyoti, madaniyati va jamiyati, madaniyatlar o'rtasidagi o'zaro tushunishni rivojlantirishga qiziqish;
Dastur xususida ingliz tilidagi toʻliq ma'lumot quyida havola qilindi.
2024 Global Journalism and Communication Master's Program on Belt Road Initiative
Bundan tashqari, tafsilotlarni quyidagi kontaktlar orqali olish mumkin:
Tel: 86 10 62512698
Fax: 86 10 62515343
Address: Room 108, International Cultural Exchange Center,
Renmin University of China, No. 59, Zhongguancun St.,
Haidian District, Beijing, China
Post Code:100872
E-mail: iso@ruc.edu.cn; fangruting@ruc.edu.cn
Website: http://iso.ruc.edu.cn