Xitoy TIV rahbari Tojikiston prezidenti bilan muzokaralar olib bordi

21.05.2024 00:00 IPAK YO‘LI 4

53729424366_fa851c1e1f_c


foto: Tojikiston Prezidentining matbuot xizmati. 

Uchrashuvda xitoylik diplomat Xitoy xalq Respublikasi Tojikistonni o‘z rivojlanish yo‘lida qo‘llab-quvvatlashda davom etishini va tashqi kuchlarning ushbu davlatning ichki ishlariga aralashishiga qarshi turishga tayyor ekanligini aytib o‘tdi. Van Yining so‘zlariga ko‘ra, tomonlar BMT, ShHT va Xitoy — Markaziy Osiyo hamkorlik mexanizmi doirasida muvofiqlashtirishni kuchaytirishi, mintaqa va butun dunyoning farovonligi va barqarorligiga hissa qo‘shib, ikki davlat va rivojlanayotgan mamlakatlarning umumiy manfaatlarini himoya qilishi kerak. 

Emomali Rahmon Xitoy bilan keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini rivojlantirish Tojikiston uchun ustuvor yo‘nalish ekanligini ta‘kidladi. Uning aytishicha, tojik tomoni Tayvan Xitpyning ajralmas qismi deb hisoblab, "bitta Xitoy" tamoyiliga amal qiladi. 

Tojikiston Xitoy bilan yuqori darajadagi hamkorlikga, iqtisodiyot va savdo, energetika, foydali qazilmalar, transport, qishloq xo‘jaligi, yashil sanoat va sun‘iy intellekt sohasidagi hamkorlikni mustahkamlashga, shuningdek, "yovuzlikning uchta kuchi" — terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi birgalikda kurashishga umid qilmoqda. 

18-21 may kunlari davlat kengashi a‘zosi, Xitoy tashqi ishlar vaziri Van Yi Markaziy Osiyoning ikkita davlatiga tashrif buyurdi. Xitoy diplomatiyasi rahbari Tojikistonga rasmiy tashrif idan so‘ng Qozog‘istonga rasmiy tashrif bilan boradi, u yerda Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari Kengashining majlisida ishtirok etadi.