Avval xabar berganimizdek,Markaziy Osiyo yetakchi nashr jurnalistlari shu kunlarda Xitoy Xalq respublikasining Shinjon - Uyg'ur avtonom viloyatida tashkil etilgan press - turda qatnashmoqda .
Press - tur doirasida jurnalistlar Shinjonning e‘tiborga molik joylariga tashrif buyurishdi.Navbatdagi manzil -" Chapchal Serkin " gazetasi tahririyati bo‘ldi.
Mazkur nashr,1946-yil Siba muxtor okrugi Chapchal qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, bu dunyodagi yagona " sibo " tilida chop etiladigan nashr hisoblanadi .
Gazetamiz "Chapchal serkin " uzoq tarixga ega va bugungi kunga qadar saqlanib kelinayotgan " sibo " tilidagi dunyodagi yagona nashr hisoblanadi , - deydi " Chapchal serkin " gazetasi direktori Chjao Szinsyuy .
Gazeta siyosiy yangiliklar , qishloq xo‘jaligi , fan texnika , adabiyot va san’at sohalari haqida so‘z yurutadi . " Chapchal ” gazetasi nafaqat Shinjon Pekin , Shenyang , Ili va boshqa manjur tillarida so‘zlashadigan aholiga ,balki sibo tillari ilmiy tadqiqot institutlari xodimlariga ham yetkazib beriladi .
Press - tur davomida jurnalistlarga tahririyat va uning tarixi , bosmaxonadagi qurilmalar bilan yaqindan tanishishga mufavvaq bo‘ldilar.Nashriyot hovlisida tashkil etilgan ochiq osmon ostidagi muzey bo‘ylab sayohat uyushtirildi .